Namangan viloyatida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan “Namangan yoşlar markazi”ga taqdim etilgan “Keksalar ögiti – yoşlar tarbiyasining mustahkam asosidir” mavzusidagi grant loyihasi doirasida navbatdagi tadbir bölib ötdi.

Töraqörğon iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida joriy yil 21 oktabr kuni “Til – millat közgusi” mavzusida bölib ötdi.
Tadbirda yoşlarga soha mutaxassislari tomonidan asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan e'zozlanib, yuksaklarga kötarib kelinayotgan ona tilimizning jamiyat taraqqiyoti hamda yoşlar tarbiyasidagi tutgan örni hayotiy misollar orqali tuşuntirildi.

Jumladan, Saidakbar Mutalov bugungi kunda ona tilimizda uçrayotgan muammolar, özaro muloqot jarayonlarida tildan foydalanişda yoşlar tomonidan yöl qöyilayotgan ayrim kamçiliklarni qiziqarli tarzda tahlil qilib berdi.
Tadbir interfaol usullar orqali özaro savol-javob hamda bahs-munozaralarga boy tarzda taşkil etildi. Yakunda faol iştirokçilar markazning esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

Hojiakbar PATTAYeV, “Namangan yoşlar markazi” qoşidagi “Intellektual yoşlar” klubi boş koordinatori, kun.uz mobil muxbiri tayyorladi.