Xitoyning C.banner International Holdings Ltd. reteyleri 154,2 mln dollar evaziga dunyodagi eng qadimgi öyinçoq dökoni bölmiş Britaniyaning Hamleys öyinçoq dökonini sotib oladi.

Gonkongning ayollar poyafzali sotuvi bilan şuğullanuvçi C.banner kompaniyasi Britaniyaning 255 yillik tarixga ega Hamleys öinçoq dökonini sotib olayotgani haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Xitoy yetakçisi Si Tszinpin mana şu hafta Buyuk Britaniyaga rasmiy taşrif buyuradi. Hamleys dökonining sotib olinişi uning taşrifi doirasida amalga oşişi mumkin bölgan yagona investitsion kelişuvdir. Reuters ning ma'lum qilişiça, tomonlar örtasidagi kelişuvlarning umumiy qiymati 46 mlrd. dollar bölişi mumkin.