Haşarotlarni örganuvçi olim Erik Metsler eBay onlayn-auksionida u tomonidan AQŞning Nyu-Meksiko ştatida 8 yil avval oçilgan yangi kapalak turini nomlaş huquqini sotuvga qöydi. 21 oktabrda lot narxi dastlabki 500 dollardan 12 ming dollargaça yetdi, deb xabar bermoqda The Washington Post naşri.

Miçigan ştati universiteti olimi sotuvdan olingan pullarni AQŞning Ğarbiy milliy boğlarini ilmiy, ta'limiy va mediaviy qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanuvçi Western National Parks Association (WNPA) taşkilotiga bermoqçi. WNPA olimning bir neçta tadqiqotlariga homiylik qilgan va endi olim ularga şu tariqa öz minnatdorçiligini bildirmoqçi. “Men boy odam emasman va xayriya işlariga köp pul bera olmayman. Şuning uçun men ularga yordam beriş uçun öz aqlimdan foydalanaman”, deb aytmoqda olim.

Lot egasi yangi turga özi xohlagan istalgan nomni bera olmaydi, u Metsler bilan maslahatlaşişi kerak böladi. Bundan taşqari, olim topgan kapalaklar Givira zotiga kiritilgan, xaridor faqatgina unga bitta sözdan iborat tur nomini bera oladi.

Şuningdek, yangi nom Zoologik nomenklatura xalqaro kodeksiga zid kelmasligi kerak. Bu kodeksda turning nomi jonzotning öziga xos jihatlarini namoyiş qilişi talab qilingan. Biroq, ilm ahli yangi jonzot turlariga döstlar yoki maşhur odamlar nomlarining berilişiga bamaylixotir qaraydi.

Boşqa olimlar Metslerning bu qarorini noodatiy deb atab, bu usul orqali boşqa tadqiqotçilar ham öz ilmiy işlariga mablağlar topişlari mumkin. Biroq ular tijorat va reklama dunyosining zoologik nomenklaturalaşga kirişi xavfidan ogohlantirişmoqda.
“Bir faraz qilib qöring: Bombus pepsii, Apis adidas... Bu dahşatli bölmaydimi?”, deb murojaat qilmoqda britaniyalik biolog Deyv Gulson.