Apple kompaniyasi qayta tiklanuvçi manbalardan energiya oliş uçun Xitoyga öz texnologiyalarini sarmoya sifatida kiritadi, deya xabar qildi kompaniya öz rasmiy sayti orqali. Korporatsiya Xitoyning şimoliy, şarqiy va janubiy qismlarida yangi quyoş tizimlarini örnatişga sarmoya kiritadi. Ular tomonidan 200 megavatt energiya işlab çiqariladi.

Bu esa yiliga 265 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlaşga yetadi.
Şuningdek, Apple kelgusi beş yil davomida Xitoy işlab çiqaruvçilari bilan sanoat maqsadlari uçun ikki gigavatt quyoş, şamol va gidroenergetika energiyasini işlab çiqariş böyiça elektr stansiyalari qurilişi sohasidagi loyihalarda hamkorlik qiladi.

Foxconn kompaniyasi Çjençjoudagi Apple zavodida iPhone smartfonlarini işlab çiqariş uçun 2018 yildan 400 megavatt quyoş energiyasi işlab çiqarişga möljallangan energetika fermasini bunyod etadi.