21 oktabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot kotibi J. Nuriddinov Qozoğistonning Atirau şahrida “Islom madaniyati: hozirgi zamon tahdidlari va ularga qarşi kuraş yöllari va uslublari” mavzusida ötkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida iştirok etdi.

Anjuman Kerey va Jonibek xonlari Qozoq xonligiga asos solganining 550 yilligi, Qozoğiston Konstitutsiyasining va Qozoğiston xalqlarining Assambleyasi tuzilganining 20 yilligini nişonlaş yuzasidan taşkil etildi.

Konferentsiyaning yalpi majlisi Atirau viloyat hokimiyati majlislar zalida bölib ötdi.

Unda Misr, Livan, Turkiya, Rossiya, Özbekiston va Qirğizistondan taniqli olimlar hamda tajribali ekspertlar qatnaşişdi. Mazkur mamlakatlardan din sohasidagi davlat idoralari, ilmiy tadqiqot muassasalari rahbarlari, közga köringan olimlar, dinşunoslik va sotsiologiya sohalari mutaxassislari iştirok etişdi.

Yalpi majlisda J. Nuriddinov “Yoşlar tarbiyasi – tinçlik va barqarorlik omili” mavzusidagi sözi bilan çiqdi. Uning nutqi katta qiziqiş bilan qabul qilindi.

Notiq sözining yakunida Özbekiston musulmonlari idorasidan olib kelgan “Smuta IGIL” nomli kitobdan va “Internetga in qurgan “örgimçaklar” kitobidan anjuman prezidiumiga taqdim etdi. Prezidiumda Qozoğiston Respublikasi madaniyat va sport işlari vitse-ministri M. Azilxanov va Qozoğiston musulmonlari idorasi muftiy noibi Utpenov Naurizbay Taganuli kitoblarni qabul qilib olişdi.

Tuşlikdan söng konferensiya öz işini seksiyalarda davom ettirdi. Özbekiston vakili “Örta Osiyoda islom tarixidagi şaxslar va xususiyatlar” deb nomlangan 2-seksiyasi işida iştirok etdi. Unda ÖMI Matbuot kotibi J. Nuriddinov “Tinçlik va osoyiştalik – buyuk ne'mat” mavzusida nutq sözladi.