Qirğiziston poytaxti Bişkekda qamoqdan qoçgan terrorçini yöq qiliş böyiça ötkazilgan maxsus operatsiya davomida ikki nafar fuqaro va Qirğiziston IIV tezkor javob beriş maxsus otryadi (SOBR) jangçisi halok böldi. Bu haqda 23 oktabrda Qirğiziston IVV matbuot xizmati ma'lum qildi.   

“22 oktabrda Bişkekning “Döstuk” mikrotumanidagi uylardan birida öta xavfli jinoyatçi Oltinbek Itiboyevni qölga oliş vaqtida jinoyatçi avtomat qöllagan holda faol qarşilik körsatdi. Biroq oxir-oqibat u yöq qilindi”, deb aytilmoqda xabarda. Vazirlikda aytilişiça, “teraktlarni amalga oşirişga yöl qöyib bölmaslik” va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida operatsiyaga yaqin joydagi uylardagi aholi evakuatsiya qilingan. Biroq operatsiyani fuqarolar orasida yöqotişlarsiz amalga oşirişning uddasidan çiqişning iloji bölmadi. “Terrorçini qölga oliş vaqtida maxsus otryad jangçisi Tölabek Ismoilov hamda Itiboyevning qöşnisi 79 yoşli Batiş Köyçumanova va 56 yoşli Madad Kakeyev halok böldi”. IIV xabariga köra ularning barçasi öqotar jarohatlardan halok bölgan.   

Yöq qilingan jinoyatçi 12 oktabrda Bişkek yaqinida joylaşgan 50-tergov izolyatoridan qoçib ketgan 9 kişidan iborat jinoyatçi guruhida bölgan. Qoçoqlar qoçiş paytida 4 nafar qöriqçini öldirgan. Qoçoqlardan 7 nafari terrorçilik, hukumat vakillari, jumladan militsiya xodimlari va milliy parlament deputatini öldirganlik, diniy estremizm uçun umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahbuslar bölgan. Uç nafar qoçoq, şu jumladan mamlakatda taqiqlangan “Jayşul Mahdiy” terrorçilik guruhining faol a'zosi bölgan Itiboyev qölga oliş vaqtida öldirildi. Qolgan 6 nafar qoçoq avvalroq qölga olingan edi, ulardan 3 nafari qamoqxona şifoxonasida yurak yetişmovçiligidan ölgan.