Bugun, 23 oktabr kuni tongida Fransiyaning janubi-ğarbidagi Akvitaniya viloyati, Jironda departamentining Pyuissigen şahrida halokatli yöl transport hodisasi röy berdi.

Sky News naşri ma'lumotiga köra, bu hodisa natijasida halok bölganlar soni 49 nafarga yetgan.
Ma'lum qilinişiça, pensionerlar mingan avtobus yuk maşinasi bilan töqnaşib ketgan.
Töqnaşuvdan keyin ikki transport vositasida ham yonğin çiqqan.

Şuningdek, 8 kişi jarohatlangan holda şifonaga yetkazilgan. Ular derazalarni sindirgan holda taşqariga çiqişgan va yonğindan qutulib qolişgan. Ulardan 3 nafarining ahvoli oğirligi qayd qilingan.
Voqea joyiga öt öçiriş xizmatining 60 nafar xodimi yetib kelgan.

Avtobusdagi yölovçilar Bearnga ekskursiya uçun yöl olişgandi.

Fransiya prezidenti Fransua Olland uşbu voqeani "dahşatli fojia" deya atab, marhumlarning yaqinlariga ta'ziya bildirgan.
"Fransiya hukumati bu dahşatli voqeadan çuqur qayğuda", deb yozdi u öz tvitterida.






