Hurmatli öquvçilar, e'tiboringizga 22 oktabr kuni röy bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Putin "Valday" klubi yiğilişiga yaşil Lada Vesta avtomobilini minib keldi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" klubining 12-yiğilişida iştirok etiş uçun klub hududiga «AvtoVAZ» kompaniyasining yangi mahsuloti bölmiş Lada Vesta maşinasini boşqarib kirib keldi.

iPhone 7 Home tugmaçasisiz va sapfir şişali böladi>>

Apple kompaniyasining doimiy tahlilçisi Jin Manser iPhone 7 haqda uçta prognoz keltirib ötdi, deb ma'lum qilmoqda Forbes.

Bangkokda mobil telefonli piyodalar uçun maxsus ötiş yölagi paydo böldi>>

Tailand poytaxti Bangkok şahrida, Kasetsart universitetidan uzoq bölmagan joyda mobil telefonlar va boşqa turli gadjyetlaridan uzilmagan holda harakatlanadigan piyodalar uçun maxsus yölak barpo etildi.

Köp ovqat yegan va golf öynagan xitoylik amaldorlar jazoga tortiladi>>

Xitoy kommunistik partiyasi davlat xizmatçilarining xulq-atvori töğrisidagi qoidalarni kuçaytirdi. Endilikda korrupsiyaga qarşi kuraşni kuçaytiriş maqsadida amaldorlarga köp taom iste'mol qiliş va golf öynaş taqiqlandi, deya xabar berdi Reuters.

Olimlar: Alyaskadagi abadiy muzliklar 2070 yildayoq erişni boşlaydi>>

Yer sayyorasining şimoliy yarimşaridagi muzliklar kutilganidan ança oldin erişni boşlaşi aytildi. Bu haqda Yer muzliklarini örganiş böyiça xalqaro dastur rahbari, Alyaska universiteti professori Vladimir Romanovskiy ma'lum qilgan.

Galapagosda toşbaqaning yangi turi aniqlandi>>

Zoologlar Ekvadorga qaraşli Galapagos orollari hududida quruqlik toşbaqasining yangi turini uçratişdi. Bu ulkan toşbaqa mansub bölgan turga Chelonoidis donfaustoi nomi berilgan. 

Astronomlar “Ölim yulduzi” yemirayotgan sayyoralarni tasvirga oldi>>

Amerikalik astronomlar yirik sayyoralarning oq karlik yulduz atrofidagi “ölim spirali” domiga tuşib, barbod bölayotganini suratga olişdi.

Discovery telekanali “Afsonalarni barbod qiliş”dan voz keçmoqçi>>

Discovery telekanali 14- mavsum yakuniga yetganidan söng “Afsonalarni barbod qiliş” ilmiy-ommabop şousi (Mythbusters)ni töxtatadi, deya xabar qildi Entertainment Weekly.

Sibirlik haydovçi maşinasini evakuatsiya qilişgaç, öziga öt qöydi>>

Rossiyaning YHXDI (Yöl harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi) Surgut şahri böyiça boş boşqarma binosida avtomobili evakuatsiya qilinişiga javoban haydovçi öziga öt qöydi.

Ilk "bulutli" smartfonga buyurtmalar qabul qilina boşlandi>>

Nextbit tomonidan yaratilgan ilk “bulutli” Robin smartfoniga Kickstarter saytida buyurtma qabul qiliş boşlandi.

Maykl Foks boğiçlari mustaqil boğlanadigan krossovkaning ilk sohibi böldi>>

“Kelajakka qaytib-2” filmidagi (1989) boğiçlari mustaqil boğlanadigan krossovka reallikka aylandi. Amerikalik aktyor, mazkur kartinada boş rol – Marti Makflayni ijro etgan Maykl Jyey Foks uning ilk sohibiga aylandi.

Soçi hayvonot boğida yölbars bolalarini ona it boqmoqda>>

Soçi hayvonot boğida ona it uç yölbars bolasini töydirmoqda. Yölbarsvaççalar 18 oktabr kuni dunyoga kelişdi. Ularga Izi laqabli it onalik qilmoqda.

Har kuni 2,5 kilogram Çili garmdorisini iste'mol qiladigan ğaroyib xitoylik>>

Yongzida hali ösmirlik paytidayoq ğaroyib odat şakllandi. Uning sözlariga köra, öşanda u göşt va tuxumsix yaşaşi mumkinligi, aççiq mahsulotlar uning jon-dili ekanligini tuşunib yetdi. 

“Kelajakka qaytiş” filmidagi Dok Braun Facebook foydalanuvçilariga murojaatnoma yölladi>>

“Kelajakka qaytiş” film-trilogiyasining asosiy qahramonlaridan bölmiş Dok Braun (aktyor Kristofer Lloyd ijrosida) Facebook foydalanuvçilariga murojaatnoma yölladi.

“Betmen Supermenga qarşi” filmi kino tarixidagi eng qimmat film böladi>>

“Betmen Supermenga qarşi: adolat tongida” filmi kino tarixidagi eng katta byudjyetga ega film böladi, deb ma'lum qilmoqda Latino Review. 2016 yilning bahorida katta ekranlarga çiqişi kuzatilayotgan kartinaning byudjyeti 410 million dollarni taşkil etadi.

Şvetsiyalik dizayner yoğoçdan 1984 yilgi Apple kompyuteri nusxasini yasadi>>

Şvetsiyalik dizayner Love Xulten yoğoçdan 1984 yilda Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan Macintosh 128K şaxsiy kompyuterining birga-bir ölçamdagi nusxasini yasadi.

Chevrolet Spark xetçbeki yanada şiddatli böldi>>

Chevrolet kompaniyasi Spark kompakt xetçbekining maxsus versiyasi —RS nomini olgan maşinani taqdim etdi. Uşbu yangilik Las-Vegasda ötadigan SEMA tyuning-şousida özining şiddatkor körinişi bilan qatnaşişi közda tutilgan.

Chevrolet kompaniyasi modellari eng işonçsiz avtomobillar röyxatida qayd etildi>>

Consumer Reports naşri avtomobillarning işonçliligi böyiça navbatdagi an'anaviy reytingini e'lon qildi. Reyting quyidagi sahifada e'lon qilingan.

Google sir-sinoat işqibozlari bilan hazillaşdi>>

Google özining Twitter tarmoğidagi rasmiy mikroblogi obunaçilari bilan hazillaşdi. 21 oktabr kuni sahifa ma'muriyati hazil posting amalga oşirişdi.Xabarda öquvçilarga Gmail poçta xizmati interfeysi uçun 15ta yangi temaga ega böliş uçun yöllanma berilgan.