Amerikaning Portlend (Oregon ştati) şahrida noodatiy öğirlik sodir böldi. Piçoq bilan qurollangan öğri uyga yaşirinça kirgan va uxlab yotgan xonadon egalari oldigaça borib, ularning buyumlarini ömargan. Sekingina qoçib qoliş örniga liboslarini yeçib, oilaviy juftlik uxlayotgan yotoq örniga çözilgan.
Associated Press agentligi xabariga köra, öğri bu bilan ham tinçlanmasdan, öz qurbonlaridan öpiç olişga qaror qiladi. Öz hissiyotlarini ifoda etişning yorqin pallasiga kelganida uy egasi uyğonib qoladi va öğrini itarib yuborib, töpponçasidan jinoyatçiga qarata uç marotaba öq uzadi. Öğrining baxtiga öqlar boşqa tomonga uçadi. Ğaroyib jinoyatçi libosini kiyişga zörğa ulguradi va qoçib qoladi.
Gumondor şaxs ozodlikda uzoq yura olmadi. 32 yoşli Riçard Defeydis politsiya tomonidan böş turgan qöşni uydan tutib olinib, giyohvand modda iste'mol qilmagani aniqlanişi uçun şifoxonaga jönatiladi. Şundan söng unga nisbatan buzib kiriş bilan öğirlik qiliş, jinsiy tajovuzkorlik va quroldan noqonuniy foydalaniş ayblari ilgari surildi.






