Özbekistonda keyingi 2 yil içida biologik aktiv qöşimçalar (BAD) işlab çiqariş sohasini yanada rivojlantiriş hamda mahalliy xomaşyo asosida şunday mahsulotlar işlab çiqaruvçi korxonalar taşkil etiş rejalaştirildi.

Bunday korxonalar taşkil etilişi bilan "Uzfarmsanoat", "Dori-darmon" kompaniyasi va Soğliqni saqlaş vazirligi şuğullanadi.

Sputnik naşri xabariga köra, bugungi kunda Özbekistonda 70dan ortiq xildagi dori vositalari va biologik aktiv qöşimçalar işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan 100ga yaqin korxona faoliyat körsatmoqda. 20dan ortiq farmatsevtik kompaniya dunyoning 30dan ortiq mamlakatiga dori vositalari va tibbiy mahsulotlar yetkazib beradi.

Toşkentdagi Biorganik kimyo va Kimyo institutlari xodimlari Özbekiston fanlar akademiyasi hamda Toşkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda biologik aktiv qöşimçalar böyiça tadqiqotlar olib borişmoqda.

Keyingi 20 yil içida tadqiqotçilar 30ga yaqin dori vositalari işlab çiqişgan. Ularning işlari korxonalar tomonidan hayotga tatbiq qilingan.