Tayvan fuqarosi bölgan ayol AQŞga yöl olgan samolyot bortida közi yorigani uçun jarimaga tortiladi. Associated Press xabariga köra, uçuvçilar yangi tuğilgan gödak xavfsizligini ta'minlaş maqsadida Alyaska aeroportlarining biriga havo kemasini qöndirişga majbur böldi.
Tayvan OAVlari ma'lumotiga köra, ayol taxminan 33 ming dollar jarima tölaşi kerak. China Airlines aviakompaniyasi vakillari esa suğurtaçi hisob-kitoblarni yakuniga yetkazmaganini ma'lum qildi.
Xabarlarga köra, ayol öz farzandining AQŞ fuqaroligini olişini istagan va parvoz vaqtida tinimsiz ravişda layner AQŞ havo kengliklariga kirdimi, deb sörayvergan. Alyaska ijtimoiy xizmat departamenti Syuzan Morgan sözlariga köra, çaqaloq tuğilganidan söng samolyot qöngan birinçi aeroport Amerikaga tegişli bölgan, demak gödak AQŞ fuqaroligini oladi.






