Toshkent metropoliteni poytaxt aholisi va mehmonlariga Yangi yil arafasida öziga xos sovğa tayyorlamoqda – yölovçilar uçun öziga xos dizaynga ega tarkib işga tuşiriladi. Toshkent Metropoliteni boşliği örinbosari Abdulaziz Qosimov sözlariga köra, yangi tarkib 2015 yilning söngiga qadar işga tuşirilib, Toshkent metrosining Özbekiston yönalişi böylab harakatlanadi.

Illyustrativ surat. Betmobil. © Flickr
“U poytaxt aholisi va mehmonlari muqaddam metropolitenda uçratgan poyezdlardan farq qiladigan öziga xos dizaynga ega. Hozirda interer va eksterer detallarini oxiriga yetkaziş işlari olib borilmoqda”, - dedi Qosimov Sputnik agentligiga.
Poytaxt metro tarkibini modernizatsiya qiliş loyihasi 2013 yilda boşlangan edi. Qosimovning ta'kidlaşiça, eski tarkiblardan faqatgina taşqi korpuslar qolgan bölib, ular ham özgaça qiyofaga keltirilgan.
Modernizatsiya jarayonida qöllanilayotgan ehtiyot qismlarning 30 foiziga yaqini milliy korxonalarda işlab çiqarilgan.
Yangi poyezdni körişga muvaffaq bölgan guvohlardan birining aytişiça, tört vagondan iborat tarkib betmobilga öxşaydi.






