Qariyb bir oydan beri davom etayotgan Rossiya aviatsiyasining Suriyada terrorçilarga qarşi aviazarbalari Suriyadagi fuqarolik uruşidan yaşirinişga majbur bölgan qoçqinlarni ma'nan ruhlantirmoqda, deb yozmoqda Associated Press agentligi.
Rossiya Venada AQŞ, Saudiya Arabistoni va Turkiya bilan muzokaralar ötkazdi va hali ham Suriyadagi ixtilof Başar Asad va Suriya xalqi iştirokida hal qilinişi kerakligini talab qilmoqda.
Lataqiya viloyati poytaxti yaqinida yaşayotgan qoçqinlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Suriyadagi xatti-harakatlarini qöllab-quvvatlaşmoqda.
“Men Rossiya yordamida bizning harbiylar oldingi siljib, terrorçilarni yer tişlatişlariga va biz uyimizga qayta olişimizga umid qilaman”, deb aytdi jiddiy jarohatdan keyin qoçqinlar lageriga tuşib qolgan suriyalik harbiy Ahmad Attan.
Şuningdek, suriyalik askarlar va ularning oilalari ham Putinni qöllab-quvvatlaşlarini bildirib ötdilar.






