BMT Boş Assambleyasi xalqaro taşkilot Ustavi kuçga kirganiga 70 yil tölişi munosabati bilan deklaratsiya qabul qildi.
2 sahifadan iborat uşbu hujjatda BMTga a'zo 193 davlat avlodlarni uruş asoratlaridan qutulişda birdam ekanligi, davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik prinsiplarida sodiq turilişi borasidagi bayonotlari örin olgan.
“Biz Ustavimizda qabul qilingan majburiyatlarni vijdonan bajarişga sodiqligimizni, şuningdek, barça davlatlarning suveren tengligi, ularning hududiy yaxlitligini va siyosiy mustaqilligini, xalqlarning öz taqdirini özi belgilaşlarini hurmat qilişga, davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik va xalqaro kelişmovçiliklarni tinçlik yöli bilan, adolat va xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etişda sodiq qolişimizni ma'lum qilamiz”, - deyiladi hujjatda.






