Butun Fransiya 43 kişining ölimiga sabab bölgan halokatli YTH tufayli motam tutmoqda. Mamlakat boş vaziri Manuel Vals şunday sözlar bilan çiqiş qildi.
U voqea yuz bergan hududga, Pyuissegen şahriga şaxsan yetib kelgan.
"Bu juda dahşatli musibat böldi. Önlab yillardan buyon Fransiya bunday hodisaga guvoh bölmagandi. Bugun butun Fransiya va fransuzlar azador", deydi vazir halok bölganlarning yaqinlariga ta'ziya izhor qila turib.
Ayni vaqtda Pyuissegenda va atrofdagi şaharlarda motamsaro kayfiyat hukmron bölib turibdi. Şaharlar köçalarida bayroqlar tuşirilgan, har tarafga motam lentalari osilgan. Parijda ham, Milliy majlis deputatlari marhumlar xotirasi uçun 1 daqiqa sukut saqlaş marosimini ötkazişdi.
Ta'kidlaş kerakki, bu voqea munosabati bilan mamlakatda umummilliy motam e'lon qilinmadi. Umummilliy motam alohida hollardagina e'lon qilinadi. Fransiyada beşinçi respublika davrida 7 marta umummilliy motam e'lon qilingan bölib, oxirgisi 2015 yilning yanvarida "Charlie Hebdo voqealari" tufayli bölib ötgandi.
43 kişining ölimiga sabab bölgan YTH bugun tongda, mahalliy vaqt bilan soat 7:30 da mamlakat janubi-ğarbidagi Liburn şahrining çekka qismida sodir böldi. Avtobus va yuk maşinasi old qismi bilan töqnaşib ketdi va yonğin çiqdi.
Bu ekskursiya avtobusi bölib, unda nafaqadagi kişilar ketayotgan bölgan. Şuningdek, avtobus bilan töqnaşgan yuk maşinasi haydovçisi va uning öğli halok bölgan. Avtobusdagi 49 kişidan 8 kişi omon qolgan.
Ta'kidlanişiça, bu 1982 yildan buyon Fransiyadagi eng yirik yöl-transport hodisasi böldi. 1982 yilning 31 iyulida Burgundiyada yuz bergan avtobus halokati oqibatida 53 kişi halok bölgan edi.
Hozirda Gretsiyada davlat taşrifi bilan bölib turgan prezident Fransua Olland «bu dahşatli fojia»dan söng hukumat barça zarur harakatlarni amalga oşirişini ma'lum qilgan.






