Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalari tomonidan 2015 yilning 9 oyi davomida amalga oşirilgan işlar va kelgusida qilinişi lozim bölgan vazifalarga bağişlangan kengaytirilgan yiğiliş ötkazildi.

Adliya vaziri M.Ikramov boşqargan yiğilişda ta'kidlanganidek, ötgan davr mobaynida adliya organlari tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qöllaş borasida bir qator işlar amalga oşirildi. Xususan, 60ta normativ-huquqiy hujjat, şu jumladan 17 ta qonun loyihasi işlab çiqildi. 714ta qonun hujjati hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 1311ta qarorlari loyihalari huquqiy ekspertizadan, 307ta idoraviy me'yoriy hujjatlar davlat röyxatidan ötkazildi.

Qonunçilikdagi özgarişlarni inobatga olgan holda, tegişli vazirlik va idoralar oldiga 203ta idoraviy me'yoriy hujjatlarni qayta körib çiqiş masalasi qöyildi.

Sudlarga kiritilgan 73,9 milliard sömdan ortiq da'vo arizalari qanoatlantirildi. Şikoyatlarni ijobiy hal etilişi natijasida 8764 nafar jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari tiklandi. 2979ta faoliyat körsatmayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyati yölga qöyilib, ularda 6561ta iş örinlari yaratildi.

Malaka oşirgan yuridik xizmat xodimlarining soni ötgan yilga nisbatan 4,5 baravarga, faoliyati tiklangan tadbirkorlar soni 4,3 baravarga, amalga oşirilgan huquqiy tarğibot tadbirlari soni 10 foizga oşdi.

Tekşirişlar tartibini buziş holatlari qariyb 1,9 baravarga kamaygan.

“Keksalarni e'zozlaş yili” Davlat dasturi ijrosi böyiça 15 ta normativ-huquqiy hujjatlar, şu jumladan 3 ta qonun loyihalari huquqiy ekspertizadan ötkazildi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni ta'minlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarning işlab çiqilişi va qabul qilinişi ta'minlandi.

Noqonuniy tekşirişlarni bartaraf etiş, bu borada tezkorlik va şaffoflikni ta'minlaş maqsadida endilikda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ijtimoiy hayotimizga çuqur kirib borayotganini inobatga olib “Tekşirişlarni ruyxatga oliş” kitobining elektron şakli joriy etildi.

Yiğilişda Buxoro, Andijon va Sirdaryo viloyat adliya boşqarmalari faoliyatini kompleks örganiş natijalari ham atrofliça muhokama etildi. Ta'kidlanganidek, tadbirkorlar huquqlarini sud tartibida himoya qiliş, xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalarda monitoring va sörov ötkaziş, soliq imtiyozlari qöllanilayotgan korxonalar kesimida ma'lumotlar bazasini şakllantiriş masalasiga yetarli e'tibor qaratilmaganligi tanqid qilindi hamda bu borada adliya organlari rahbarlarining axborotlari eşitildi. Kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli topşiriq va körsatmalar berildi.

Kengaytirilgan yiğilişda kuni keça Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari böyiça belgilangan vazifalarni vakolat doirasida samarali bajariş, şuningdek, ijro va mehnat intizomini yanada kuçaytiriş, qöllanilayotgan huquqiy ta'sir çoralari samaradorligini oşiriş, aniqlangan qonun buzilişi holatlari böyiça tegişli çora-tadbirlarni belgilaş va uni ijrosiga alohida e'tibor qaratiş, qonun ijodkorligini yanada takomillaştiriş, notariat tizimini malakali xodimlar bilan töldiriş, axborot xavfsizligiga rioya qiliş hamda “Yagona portal” bilan işlaş sifatini yaxşilaş yuzasidan amalga oşirilişi lozim bölgan işlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.