23 oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetining "Qizlarni qöllab-quvvatlaş klubi" (Girls development club) özining ilk uçraşuvini taşkil etdi. Bu haqda kun.uz muxbiri xabar berdi.
Tadbir avvalida klubning içki tuzilişi, maqsadlari va bölajak uçraşuvlar haqida loyiha muallifi - ÖzDJTU ingliz tili uçinçi fakulteti, 3 bosqiç talabasi Gavhar Sagdullayeva ma'lumot berib ötdi.
Tajribali psixolog-konsultant Muştariy Yöldaşevaning "Baxtli va omadli qizning 5 siri" mavzusidagi treningi universitet talaba-qizlari uçun dastlabki muloqot uçraşuvi vazifasini ötadi.
Ta'kidlaş kerakki, klubning keyingi uçraşuvlariga yurtimizning: ilm-fan, madaniyat, siyosat, iqtisod kabi turli sohalardagi faoliyati orqali közga köringan xotin-qizlarni taklif etiş rejalaştirilmoqda.



Manbaning aytişiça, bunday loyiha Özbekistonda ilk marta yölga qöyildi.






