23 oktabrda Aşxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov va Turkmanistonga birinçi marta rasmiy taşrif bilan kelgan Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe örtasida ikki tomonlama uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida asosiy e'tibor ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga qaratildi, deb xabar bermoqda Turkmenbusiness naşri.

Yaponiya boş vaziriga taşrif davomida 31 ta yapon kompaniyasi vakillari hamrohlik qildi. Taşrif davomida köplab hujjatlar, jumladan xususiy kompaniyalar loyihalari böyiça hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan. Davlatlar nafaqat tabiiy gaz sohasida, balki boşqa köplab sohalarda hamkorlik qilişga umid bildirişmoqda.      

Hozirda yapon kompaniyalari Turkmaniston bilan Bolqon viloyatining Qiyonli posyolkasida polietilen va polipropilen işlab çiqaruvçi gaz-kimyo majmuasi va Övadandepe posyolkasida gaz qayta işlaş zavodi qurilişini amalga oşirmoqdalar.

Muzokaralar yakuniga köra 10 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Ikki davlat yetakçisi qatnaşişi rejalaştirilgan turkman-yapon biznes anjumanida hamkorlik haqida yana bir qator hujjatlar qabul qilinişi möljallangan.