Önlab şveysar banklari AQŞ Adliya vazirligiga amerikalik mijozlariga pullarini xorijda yaşirişga yordam berganliklari haqida körsatmalar berdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal naşri.
WSJ mutaxassislari Adliya vazirligining bu banklar joylaşgan 40 ta aholi punkti böyiça olingan hujjatlarini tahlil qilib, soliqlarni yaşirişning va xorijiy firmalar tomonidan hisob raqamlarni yaşirişning köplab metodlariga baho berdilar. Ötkazilgan tahlilga köra, turli darajadagi jinoyatçilar – xalqaro banklardan tortib kiçik şaharlardagi ipoteka kreditorlarigaça umumiy hisobda 10 mlrd dollardan köproq mablağni yaşirişgan.
“Köplab şveysar banklari özlarining bizneslarini köplab amerikaliklarga öz mablağlarini AQŞ soliq boşqarmasidan yaşirişga yordam berişda qurganlar”, deb aytmoqda Adliya vazirligi vakillaridan biri.
Noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oşirganini tan olgan firmalar jinoiy javobgarlikdan qoçiş maqsadida soliq boşqarmasiga umumiy hisobda 360 mln dollar dan köproq mablağ tölagan. Öz hisobini yaşirgan 54 mingdan köproq amerikalik soliq tölovçilar umumiy hisobda 8 mlrd dollar tölagan.
Mablağlarni soliqlardan yaşirişda Credit Suisse (2,5 mlrd dollar) yetakçi böldi, 2- va 3-örinni UBS (780 ml dollar) va Leumi ($360 mln) banklari egalladi.






