Yaponiya va Turkmaniston energetika sohasida hamkorlik qiliş haqida kelişuvni imzoladi. Kelişuv doirasida umumiy miqdori 18 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe özining Aşxobodga taşrifi vaqtida aytib ötdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Hujjatda Turkmaniston Yaponiyaning mamlakatdagi gaz infratuzilmasini rivojlantiriş va issiqlik elektr stansiyalarining qurilişidagi iştirokiga ijobiy munosabatdaligi aytilgan, deb xabar bermoqda Yaponiyaning NHK telekanali. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov davlatlar iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirayotganini ta'kidlab ötdi, ular esa öz navbatida neft, gaz va kimyo sohasidagi yirik loyihalarda öz aksini topadi.

Turkmaniston Abe Markaziy Osiyo davlatlari böylab safarida taşrif buyurgan birinçi davlat böldi. Bundan bir kun oldin, 22 oktabrda Abe Möğilistonda böldi. Abe safari davomida, şuningdek, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonga taşrif buyuradi. Yaponiya boş vazirining safaridan asosiy maqsad – u mintaqa davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlamoqçi.