Suriya prezidenti Başar Asad mamlakat aholisining qöllab-quvvatlaşi evaziga prezidentlik saylovida iştirok etişga tayyor. Bu haqda RIA Novosti naşriga Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Yuşenko ma'lum qilgan.

U Rossiya delegatsiyasi tarkibida Damaşqda Asad bilan uçraşuvda qatnaşib qaytganidan keyin şu haqda intervyu bergan.

Rossiya delegatsiyasi Dmitriy Sablin boşçiligida Damaşqqa insonparvarlik missiyasini amalga oşirib qaytdi. Bu delegatsiya mahalliy deputatlar bilan Suriyadagi tinçlikka erişiş borasida hamkorlik qiliş böyiça uçraşuvlar ötkazgan.

Bundan oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Suriyada prezidentlik va parlament uçun saylovlar ötkazilişi kerakligi haqida aytib ötgandi.