Özbekiston MXX Davlat çegarasini qöriqlaş qömitasi vakili ma'lum qilganidek, özbek çegaraçilarining qidiruv operatsiyasi natijasida Tojikistonning Söğd viloyati Panjikent tumani Farob aholi punkti yaqinida 2 nafar jasad aniqlangan.

Avvalroq Tojikistonning Panjikent hududi çegara vakili 14 oktabrda ikki nafar tojikistonlik ovga çiqib ketib, qaytib kelmaganini ma'lum qilgandi. Özbek çegaraçilari tomonidan yondoş hududlar tekşirilganda davlat çegarasi buzilganligining heç qanday alomati aniqlanmagan va tojikistonlik çegaraçilar bu haqda xabardor qilingan edi.

Topilgan jasadlar ovçilar ekanligi aytilmoqda.

“Jasadlar Tojikistonga çegara xizmatlari liniyasi orqali topşirildi”, deb aytilmoqda xabarda.