AQŞ harbiylari tomonidan Afğonistonning Qunduz şahridagi “Çegara bilmas şifokorlar” xalqaro insonparvarlik taşkiloti şifoxonasining öqqa tutilişi oqibatida halok bölganlar soni 30 kişiga yetdi, deb ma'lum qildi taşkilotning AQŞdagi bölimi matbuot xizmati vakili Tim Şenk.

Taşkilotning boş direktori Kristofer Stoks “Çegara bilmas şifokorlar” “aniq harbiy jinoyat amalga oşirilganidan” kelib çiqayotganini aytib, voqeaning töliq tergov qilinişini talab qilmoqda. 

Uning aytişiça, AQŞ Mudofaa vazirligi olib borayotgan içki tergov yetarli emas.

Avvalroq NATO şifoxonaga zarbalar berilişi haqidagi hisobotning çop etilişini keyingi qoldirişi ma'lum qilingandi.