Rossiyaning Novosibirsk şahri aholisi bugun kuçsiz yer silkinişlarini his qilişdi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilişiça, bu Afğonistonda sodir bölgan kuçli zilzilaning aks-sadosidir.

“Darhaqiqat, bizda yer silkinişi kuzatildi, ammo haqiqiy zilzila bölmadi. Bu Afğoniston va Tojikiston çegarasidagi zilzila ta'siridir. Ayrim odamlar buni his qildi, lekin qönğiroqlar köp bölmadi”, - ma'lum qildi mahalliy favqulodda xizmatlar vakili.

Ilgariroq xabar qilinganidek, bugun, 26 oktabr kuni sodir bölgan zilzila episentri Afğonistonning Hindukuş mintaqasida kuzatilib, 7.4 ballni taşkil qildi. U Pokistonda, Tojikistonda, şuningdek, Özbekistonning, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Samarqand, Toşkent, Andijon va boşqa viloyatlarida kuzatildi. Yer silkinişlari Qozoğistonning Olma-Ota, Taroz, Çimkent, Qirğizistonning Öş şaharlarida ham sezildi.