Argentinadagi prezidentlik saylovlarida muxolifatçi nomzod Maurisio Makri 36,2 foiz ovoz töplagan holda birinçi örinni egalladi, deb yozadi Reuters.
Mahalliy saylov komissiyasi bergan ma'lumotga köra, hozirda mamlakatda yetakçilik qilayotgan partiyadan nomzod sifatida körsatilgan Daniel Stsioli 34,7 foiz ovoz bilan ikkinçi örinni egallagan. Natijada ğolib nomi saylovning ikkinçi turida aniqlanadigan böldi. Mazkur tadbir 2 noyabr kuniga belgilangan.
Saylovda Stsiolining ğalaba qozonişi başorat qilinmoqda.






