"Barselona" jamoasi boş murabbiyi Luis Enrike "Real" klubi tomonidan hakamlarga bosim ötkazilgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan fikrini bildirdi.

"Bunday xabarlar har doim yoqimsiz. Xohlaymanki, bu borada tekşiruv ötkaziladi. Çunki har qanday holatning oldini oliş kerak.

Bu borada gap tarqatişni istamayman. Masala juda jiddiy. Bu qançalik haqiqat ekanini aniqlaş uçun tekşiruv ötkaziş kerak. Olovga moy sepişni istamayman, men şunçaki suriştiruv işlari ötkazilişiga umid qilaman. Çunki men bu mamlakatda köp narsalarga işona olmayman", - deydi murabbiy.

Eslatib ötamiz, "Real" boş murabbiyi Rafael Benites ham bu xabarlarni tekşirişni söragandi.

Bir neça kun oldin Kataloniya OAVi "Real" "Barselona" bilan öyinda işlaydigan hakamlarga bosim ötkazişga uringani haqida xabar tarqatgandi.