Kanadalik taniqli xonanda Jastin Biber Milanda 25 oktabrda bölib ötgan MTV Europe Music Awards musiqa taqdimotida 5 ta mukofot bilan taqdirlandi, deb yozmoqda Daily Mail naşri.
Biber “Eng yaxşi ijroçi, “Eng yaxşi obraz”, “Eng yaxşi konsert. Şimoliy Amerika”, “Eng katta fan-klub” va “Eng yaxşi duet” yönalişlarida nufuzli mukofotni qölga kiritdi.
Biber öz nutqida barça muxlislari, ota-onasi va Tangriga minnatdorçilik bildirdi.
Biber taqdimotda ikki yil içidagi özining ilk qöşiğini ijro etdi va çiqişidan keyin ta'sirlanib, yiğlab yubordi.
Avvalroq Jastin Biber What Do You Mean deb nomlangan yangi singli bilan Spotify musiqa xizmatida One Direction guruhining rekordini yangilagani ma'lum qilingandi.
Singl 5 kun içida 21 mln marta tinglangan.
Qöşiqçining yangi albomi 13 noyabrda çiqadi.






