Kiyevning “Olimpiyskiy” stadionida qora tanli muxlislar uçun alohida sektor taşkil qilinişi mumkin. Bu haqda arenaning ijroçi direktori Vladimir Spilçenko 2+2 telekanali efirida uzatilgan “Pro futbol” dasturi çoğida ma'lumot berdi.
Ötgan hafta UYeFA Kiyevning “Dinamo” jamoasiga nisbatan axloqiy iş qözğadi. ÇLning guruh bosqiçida “Çelsi”ga qarşi keçgan bahsda uşbu jamoaning muxlislari 4 nafar qora tanli muxlislarga hujum qilgani aytildi. Voqea “Olimpiyskiy” stadionida bölib ötdi. “Futbol Yevropada irqçilikka qarşi” taşkiloti voqea qayd qilingan videolavhani UYeFAga yetkazdi.
“Qora tanli muxlislarga alohida sektor ajratiş yaxşi ğoya, – dedi Spilçenko. – Balki biz bunday köngilsizliklarni oliş uçun bu işga qöl urarmiz”.






