Hurmatli öquvçilar! Jahonda xafta davomida (19-25 oktabr) sodir bölgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Xitoy yetakçisi Britaniyaga safarini boşlaydi>>

XXR raisi Si Tszinpin turmuş örtoği Pen Liyuan hamrohligida 19 oktabr kuni tört kunlik rasmiy taşrif bilan Britaniyaga yöl oladi.

Tojikistonda “Zarafşon” oltin korxonasining ikkinçi fabrikasi oçildi>>

Panjakentda “Zarafşon” qöşma korxonasining ikkinçi affinaj fabrikasi bir yil içida qurilib, foydalanişga topşirildi. Uning loyihaviy qiymati 1 mlrd somoniyni taşkil qildi.

Suriyaning Rossiyadagi elçisi: AQŞ IŞID marralariga Moskva aviazarbalaridan söng e'tibor qaratdi>>

Suriya arab respublikasining Rossiyadagi favqulodda va muxtor elçisi Riyod Haddad Rossiyaning Suriyada olib borayotgan operatsiyalari birinçi yakuni böyiça” naşriga intervyu berdi.

Muxolifatdagi Liberallar partiyasi Kanadadagi saylovda ğalaba qozondi>>

19 oktabr kuni Kanada parlamentiga saylovlar bölib ötdi va uning natijasida hukumat rahbari özgardi.

Duşanbeda 30 oktabr kuni MDH hukumat rahbarlari sammiti bölib ötadi>>

Tojikistonning Duşanbe şahrida, 30 oktabr kuni MDH hukumat rahbarlarining sammiti öz işini boşlaydi.

OAV: Rossiyalik diniy ulamolar Putinning Qur'on va Injilni himoya qiliş haqidagi qonuniga Muhammad payğambar sunnatlarini ham kiritişni taklif qilişdi>>

Rossiyalik diniy ulamolar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qur'on va Injilni himoya qiliş haqidagi qonun loyihasida ekstremistik deb topilmasligi kerak bölgan diniy aqidalar röyxatini kengaytirişni taklif qilişdi, deb xabar bermoqda RBK naşri.

Turkiyada 3 oy davomida terrorçilikda gumon qilinib 1673 kişi hisbga olindi>>

Turkiya politsiyasi 3 oy davomida terrorçilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib 1673 kişini hibsga oldi, ulardan 1308 nafari Turkiyada man qilingan Kurdiston işçi partiyasiga aloqadorlikda, 276 nafari IŞIDga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb aytdi 20 oktabrda Turkiya adliya vaziri Kenan Ipek.

AP: Makka yaqinidagi tiqilinç qurbonlari soni 2177 nafar bölgan>>

24 sentabr kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida yuz bergan tiqilinçda halok bölganlar soni 2177 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Assoşieyted Press agentligi.

Moskva viloyatida amaldorlar öldirib ketilgandan keyin politsiyaning butun şaxsiy tarkibi oyoqqa turğazildi>>

19 oktabrda Moskva viloyatining Krasnogorsk tumani rahbari birinçi örinbosari Yuriy Karaulov va “Krasnogorsk elektr tarmoqlari” rahbari Georgiy Kotlyarenko tuman ma'muriyati binosida öldirib ketildi.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlari internetdan Kim Çen Inning kulgili suratlarini olib taşladi>>

Xitoy ijtimoiy tarmoği Weibo va Baidu qidiruv tizimi Xitoy rahbariyatining Pxenyanga taşrifi yuzasidan Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning internetdagi hazil fotosuratlarini olib taşladi, deb ma'lum qilmoqda Mashable.

Bloomberg Rossiyaning Suriyadagi maqsadlari nimadan iboratligini aytdi>>

Kremlning Suriyadagi asl maqsadi prezident Başar Asadga iloji boriça köproq yöqotilgan hududlarni qaytarib olişida yordam berişdan iborat, deb yozmoqda noma'lum bölib qolişni istagan rossiyalik rasmiy manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.

Arab davlatlari BMT XKdan Falastinni xalqaro himoya ostiga olişni söradi>>

Arab davlatlari BMT Xavfsizlik kengaşidan Falastinni Isroil okkupatsiyasidan himoya qilişga qaratilgan çoralarni körişni söradi. 

Putin: Agar IŞID jangarilari Damaşq va Bağdodni qölga olişsa ular rasmiy hukumatga aylanişardi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro klubida çiqişi paytida şuni ma'lum qilib ötdiki, agar “Iroq va Şom islom davlati” terrorçilik taşkiloti Damaşq va Bağdodni qölga olişsa, ular rasmiy hukumat maqomini olişar edi.

Rossiya samolyotlari Suriyada 83 obektga zarba berdi>>

Rossiya aviaguruhi Suriyada bir kun davomida 83 aviazarbani amalga oşirdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov bayonot berdi.

OAV rasmiy Vaşingtonning Suriyadagi harbiy kontingentini kengaytirmoqçiligidan xabar topdi>>

AQŞ prezidenti Barak Obama ma'muriyati Suriyada uçişlardan xoli hudud yaratişni va bu mamlakatdagi harbiy kontingenti miqdorini oşiriş yöllarini körib çiqmoqda. Bu haqda Oq uydagi manbasiga asoslanib, The New York Times naşri xabar bergan.

Putin islom va jangarilarning yolğoni örtasida çegara tortişga çaqirdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro klubi sessiyasidagi nutqida islom va jangarilar yolğoni örtasida aniq çegara bölişi zarurligini aytdi.

«Portu»ning yoş futbolçisi Ruben Neveş YeÇL tarixiga kirdi>>

Portugaliyaning «Portu» jamoasi yoş futbolçisi Ruben Neveş YeÇL öyinida öz jamoasini sardor sifatida boşlab tuşgan eng yoş futbolçiga aylandi.

CNN: IŞID bilan bölgan jangda AQŞ ilk marta qurbon berdi>>

Amerikalik harbiy Iroqdagi asirlari qutqariş operatsiyasi çoğida halok böldi, deb xabar bermoqda CNN.

Time: Pokiston 2015 yilda eng köp yadro quroliga ega beşinçi davlatga aylanadi>>

Oradan 10 yil ötganidan söng Pokiston eng köp yadro quroliga ega bölgan beşinçi davlatga aylanadi, deya xabar qildi Time jurnali Amerikadagi mustaqil tadqiqot taşkiloti ma'lumotlariga asoslangan holda.

Qozoğistonda terroristlar koinotdan kuzatiladi>>

Ekstremist va terroristlarni qidiriş, şuningdek, narkotik ösimliklar yetiştirilişi mumkin bölgan hududlarni monitoring qiliş uçun Qozoğiston sun'iy yöldoşlaridan foydalanilişi mumkin. 

"Futbol qiroli" 75 yoşga töldi>>

Bugun, 23 oktabr kuni braziliyalik afsonaviy futbolçi, Pele nomi bilan tanilgan Edson Arantis du Nasimentu 75 yoşini qarşiladi.

Yaponiya boş vaziri Möğuliston va Markaziy Osiyo davlatlariga safarini boşladi>>

Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Möğuliston va Markaziy Osiyo davlatlari: Turkmaniston, Tojikiston, Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğistonga (safar şu tartibda amalga oşiriladi) safarga jönab ketdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Iroq jangarilarga qarşi kuraşda Rossiyadan yordam sörasa, AQŞ kömagidan mahrum böladi>>

AQŞ hukumati Iroqqa jangarilarga qarşi kuraş körsatilayotgan yordamni töxtatişi mumkinligidan ogohlantirdi. Agar Iroq IŞIDga qarşi kuraşda Rossiyadan yordam sörasa va Rossiya Iroq hududiga kirsa, AQŞ kömagidan mahrum böladi. 

Asad rossiyaliklarga yordam uçun minnatdorçilik bildirdi>>

Suriya prezidenti Başar Asad rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar çoğida körsatilayotgan yordam uçun Rossiya hukumati va xalqiga minnatdorçilik bildirdi. Bu haqda Kreml sayti orqali xabar qilindi.

Putin: Rossiya Suriyadagi siyosiy jarayonga yordam berişga tayyor>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin suriyalik hamkasbi Başar Asad bilan Moskvada ötkazilgan uçraşuv çoğida Moskva mamlakat xalqiga nafaqat IŞIDga qarşi kuraşda, balki siyosiy jarayonlarni boşlaşda ham yordam berişga tayyorligini ma'lum qildi.

Turkiya boş vaziri Asadga Rossiyada qolişni maslahat berdi>>

Turkiya boş vazir Ahmad Dovudöğlu Suriya prezidenti Başar Asadga Rossiyadan qaytmaslikni maslahat qildi.

XXR raisi Britaniyaga taşrifi doirasida “Mançester Siti” jamoasi bazasiga taşrif buyurdi>>

Xitoy xalq Respublikasi prezidenti Si Tszinping bugun Angliyaning «Mançester Siti» klubi qarorgohiga taşrif buyurdi. Bu haqda «şaharliklar» rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

OAV: Roman Abramoviç Gvardiola bilan uçraşib, uni "Çelsi"da işlaşga taklif qildi>>

Angliyaning «Çelsi» klubining navbatdagi boş murabbiyi hozirda Germaniyaning «Bavariya» klubini boşqarayotgan Xosep Gvardiola bölişi mumkin. Bu haqda Guardian naşri xabar tarqatdi.

Asad Suriyadagi prezidentlik saylovida iştirok etişga tayyor>>

Suriya prezidenti Başar Asad mamlakat aholisining qöllab-quvvatlaşi evaziga prezidentlik saylovida iştirok etişga tayyor. Bu haqda RIA Novosti naşriga Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Yuşenko ma'lum qilgan.

Toni Bler Iroqqa bostirib kiriş IŞIDning paydo bölişiga sabab bölganini tan oldi>>

Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Toni Bler AQŞ va uning ittifoqçilarining 2003 yilda Iroqqa bostirib kirişi IŞIDning paydo bölişi sabablaridan biri bölganini tan oldi, deb xabar bermoqda Daily Mail naşri.

Amerikalik siyosatşunos Koen: AQŞ köp qutbli zamonaviy dunyo uçun muammoga aylanmoqda>>

Amerikalik siyosatşunos, Prinston universiteti professori Stiven Koen AQŞ Sobiq ittifoq parçalangandan keyin olgan “dunyodagi yagona superdavlat” maqomini yöqotişdan qörqadi, deb hisoblamoqda.   

Boş Assambleya BMT taşkil topganining 70 yilligi munosabati bilan deklaratsiya qabul qildi>>

BMT Boş Assambleyasi xalqaro taşkilot Ustavi kuçga kirganiga 70 yil tölişi munosabati bilan deklaratsiya qabul qildi.

Rossiya byudjyetiga muhojirlarga işlaş huquqini beradigan patentlardan 25 mlrd rubl tuşdi>>

Rossiya Federal migratsiya xizmati Federal ğaznaçilik bilan birgalikda mehnat muhojirlariga mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi patent uçun tölov amalga oşirilganini avtomatik identifikatsiyalaş mexanizmini işlab çiqdi.