Pokistondagilar bugungi zilzilaning qaytalaniş xavfi tufayli öz uylariga qaytib kirmaslikni ma'qul körişmoqda.
Geo TV telekanalida pokistonliklar köçalarda töplanib turişgani lavhalari körsatilgan. Avtomobil yöllarida qatnovlar töxtagan.
Ma'lum qilinişiça, zilzila tufayli Xayber-Paxtunxva viloyati aholisi jabrlangan. Bu hududda köplab yöllar buzilgan va binolar jiddiy şikastlangan.
Jarohatlanganlarni şifoxonalarga olib boriş işlariga yer köçkilari tufayli yöllar qatnov uçun yaroqsiz holga kelgani xalaqit qilmoqda.
Ilgariroq xabar qilinganidek, bugun, 26 oktabr kuni, Toşkent vaqti bilan 14:09da sodir bölgan zilzila episentri Afğonistonning Hindukuş mintaqasida kuzatilib, 7.4 ballni taşkil qildi. U Pokistonda, Tojikistonda, şuningdek, Özbekistonning, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Samarqand, Toşkent, Andijon va boşqa viloyatlarida kuzatildi. Yer silkinişlari Qozoğistonning Olma-Ota, Taroz, Çimkent, Qirğizistonning Öş şaharlarida ham sezildi.
Dastlabki xabarlarga köra, Pokistonda zilzila qurbonlari soni 42 kişi bölgan.






