Pokistonda bugun sodir bölgan zilzila qurbonlari soni 42 kişiga yetdi. Bu haqda Geo TV kanali xabar bermoqda.

Ilgariroq halok bölganlar soni 20 kişini taşkil qilgani xabar qilingan edi.
Afğonistonda sodir bölgan 7.4 magnitudali zilzila Pokistonning Sialkot va Mölton şaharlariga ham ta'sir ötkazdi. Qurbonlar haqidagi xabarlar aynan öşa şaharlardan kelmoqda.

Ilgariroq xabar qilinganidek, bugun, 26 oktabr kuni sodir bölgan zilzila episentri Afğonistonning Hindukuş mintaqasida kuzatilib, 7.4 ballni taşkil qildi. U Pokistonda, Tojikistonda, şuningdek, Özbekistonning, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Samarqand, Toşkent, Andijon va boşqa viloyatlarida kuzatildi. Yer silkinişlari Qozoğistonning Olma-Ota, Taroz, Çimkent, Qirğizistonning Öş şaharlarida ham sezildi.