Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Markaziy saylov komissiyasi va Oliy Radadan Mariupolda mahalliy saylovlarning ötkazilmay qolişi böyiça munosabat bildirişni söradi.
"112 Ukraina" telekanalida aytilişiça, Poroşenko öz rafiqasi bilan Kiyevdagi saylov uçastkasida ovoz berib çiqqanidan keyin, MSK va Radaga şunday murojaat bilan yuzlangan.
"Oliy Rada va MSKga bu voqeaga munosabat bildirilişini sörayman. Radada yaqin vaqt içida şu masala böyiça yiğiliş ötkazilib, qonunçilikka kerakli özgartirilişi kerak. Işonamanki, Mariupolda şu yilda saylov bölib ötadi", deydi Poroşenko.
U huquq tartibot xodimlariga Mariupoldagi saylovning barbod bölişi böyiça tekşiruv ötkaziş vazifasini yuklagan.
Eslatib ötamiz, Mariupoldagi saylov uçastkalari yaroqsiz byulletenlar tufayli oçilmadi.






