Turkiyaning Antalya kurorti 2015 yilda rossiyalik sayyohlar oqimining kamayişi oqibatida 5 mlrd dollar zarar köradi. Bu haqda Hurriyet Daily News naşri Professional Hotel Managers Association (POYD) taşkiloti ma'lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Professional Hotel Managers Association rahbari Ali Qizildoğning sözlariga qaraganda, joriy yilning dastlabki 9 oyi içida Rossiyadan kelayotgan turistlar oqimi 25 foizga kamayib ketdi. Ularning xarajatlari miqdori ham 50 foizga qisqardi.
Bunga asosiy sabab sifatida Rossiyada avj olgan iqtisodiy inqiroz keltirilmoqda. Turkiya tomonidan rossiyalik turistlarni rağbatlantiriş yölida körilayotgan çora-tadbirlar, xususan, charter reyslariga subsidiyalar ajratiş yetarliça natija bermayotgani ta'kidlandi.






