Afğonistonda sodir bölgan zilzila natijasida maktab öquvçilarini evakuatsiya qiliş vaqtida 12 nafar öquvçi qiz halok böldi va 35 nafari jarohatlandi. Reuters bergan axborotga köra, ularni maktab binosidan evakuatsiya qilişga urinişlar samarasiz yakunlangan.

«Biz 50 nafarça jarohatlanganlarni qabul qilişga ulgurdik. Bizga doimiy ravişda jarohatlanganlar olib kelinmoqda. Ularning aksar qismi binolarning qulab tuşişi natijasida jabr körişgan», — deya Pokistonning Peşovar viloyatidagi kasalxona xodimidan iqtibos keltiradi agentlik.

Dawn naşrining yozişiça, zilzila natijasida Afğoniston va Pokistonda halok bölganlar soni 52 nafarga yetgan. Naşrning yozişiça, zilzila episentr Kobulning şimoliy-şarqidan 254 kilometr uzoqlikda Hindukuş toği atrofida bölgan. Pokiston meteorologiya xizmatining qayd qilişiça, zilzila magnitudasi 8,1 ballni taşkil qilgan.

Mamlakat boş vaziri Navoz Şarif barça tezkor xizmatlarni mazkur falokatdan jabr körganlarga yordam beriş uçun yönaltirgan.