Abu-Dabi iqtisodiy taraqqiyot departamenti boşliği Ali al-Mansuriy neft bahosining bir barrelga 50 dollar qiymatga tuşib ketişini “insoniyat uçun tuhfa” deb atgan, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg agentligi.
“Neftning bir barreli 50 dollarga tuşib ketişi — bu insoniyat uçun tuhfadir. Biz uning şu darajada qolişini istaymizmi? Albatta, yöq. Biz uning bahosi barreliga 70, 80 dollar bölişini istaymiz. Ammo öta yuqori narx ham iqtisodiy ösişga keskin zarba böladi. “, — deb ta'kidladi al-Mansuri.
U neftning bir barreli 50-60 dollar atrofida bölib turgan paytida, bu tomonlarning mağlubiyati va bozorning kasodi haqida göyo başorat qilgan edi.






