26 oktabrda Toşkent vaqti bilan soat 14:09da Afğoniston va Pokiston hududlarida yuz bergan zilzila qurbonlari soni 263 nafarga yetdi.

Pokiston hukumati uşbu zilzila tufayli 228 nafar kişining ölimini tasdiqlagan. Şuningdek, minglab pokistonliklar jarohatlangan.

Afğonistonda esa 33 nafar kişi halok bölib, 200 nafarga yaqin kişi tan jarohatlari olgani aytilgan.

Yevropa-Örta Yer dengizi seysmologiya markazining ma'lum qilişiça, zilzila markazi Afğoniston poytaxtidan şimoli-şarqiy tomonga 259 km uzoqlikda Hindukuş toğlarida, öçoği 190 km çuqurlikda bölgan.

AQŞ geologiya xizmati ma'lumotiga köra 26 oktabr kuni, Afğoniston vaqti bilan soat 13:39 da (Toşkent vaqti bilan 14:09da) sodir bölgan zilzila episentri Afğonistonning Hindukuş mintaqasida kuzatilib, 7.5 ballni taşkil qildi. U Pokistonda, Tojikistonda, şuningdek, Özbekistonning, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Samarqand, Toşkent, Andijon va boşqa viloyatlarida kuzatildi. Yer silkinişlari Qozoğistonning Olma-Ota, Taroz, Çimkent, Qirğizistonning Öş şaharlarida ham sezildi.

Oxirgi xabarlarda Pokistonda zilzila qurbonlari soni 150 nafardan ortgani xabar qilingandi.