Yaponiya boş vaziri Sindzo Abening Özbekistonga taşrifi munosabati bilan taşkil etilgan biznes-forumda turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Undan söng özbekistonlik va yaponiyalik turoperatorlarning V2V formatida ötgan uçraşuvida konkret takliflar bildirildi.
Tadbir “Buyuk Ipak yöli” taşkiloti tomonidan uyuştirilib, turistik oqimlarin oşiriş masalasiga yönaltirildi.
Kultura.uz saytining ma'lum qilişiça, tadbirda Yaponiya turistik agentliklari uyuşmasi (JATA), bir qator yirik turistik kompaniyalar vakillari iştirok etişdi. Ularga “Özbekturizm” tomonidan videotaqdimot namoyiş etildi.
Iştirokçilar qarşisida çiqiş qilgan JATA prezidenti Xiromi Tagava uyuşma tarkibida mingdan ortiq turfirmalar borligini ta'kidladi. Ularning yillik aylanmasi 6 mlrd dollarni taşkil qiladi.
Şuningdek, u 2015 yilning ötgan davrida Özbekistonga yaponiyalik 7 ming sayyoh taşrif buyurganini ma'lum qildi.

“Mamlakatingiz köp asrlik madaniy an'analariga ega, Özbekistonda köplab madaniy yodgorliklar mavjud, sizning usta va hunarmandlaringiz qilayotgan işlar tahsinga sazovor, - dedi X. Tagava. – Agar asosiy urğuni milliy an'analar namoyişiga yönaltirsa, yaponiyalik turistlarga ular namoyiş etilsa, Yaponiyadan Özbekistonga kelayotgan turistik oqimning sezilarli darajada ösişiga erişiş mumkin. Men qadimgi Samarqandga borganimda bunga amin böldim”.






