26 oktabr kuni “Özekspomarkaz” 6ta körgazma zali, 2ta atrium, oçiq maydonçalar va konferensiya zallarida IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi oçildi. Bu haqda UzA xabar bergan.
Yarmarkada 50dan ortiq mamlakatdan 1300dan ortiq xorijiy firma va kompaniya vakillari iştirok etişmoqda.
Özbekistondagi 2000ga yaqin korxona, kompaniya va taşkilotlar özlarining mahsulotlari bilan "Özekspomarkaz"ning oçiq maydon va pavilionlaridan joy egallaşdi. Ular orasida farmatsevtika, metallurgiya, neft va gaz, elektrotexnika va boşqalar bor.

Uşbu yirik sanoat forumi Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 12 noyabrdagi «Içki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni, 2009 yil 1 dekabrdagi «Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovçi buyumlar va materiallar işlab çiqarişni mahalliylaştirişni çuqurlaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi hamda 2013 yil 29 yanvardagi «Mamlakatimizda işlab çiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoşliligini yanada oşiriş va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirişga qarşi kuraşni kuçaytiriş töğrisida»gi qarorlariga muvofiq ötkazilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari U.Rozuqulov tadbirning oçiliş marosimida mustaqillikning dastlabki yillaridan iqtisodiyotni tarkibiy özgartiriş va diversifikatsiya qiliş, yuqori texnologiyalar asosida tayyor mahsulotlar işlab çiqariş va ularning raqobatbardoşligini oşiriş, eksportni kengaytiriş mamlakatimizni rivojlantirişning muhim vazifalari sifatida belgilanganini ta'kidladi. Innovatsiyalar va investitsiyalarning keng jalb qilinişi samarasida işlab çiqariş izçil rivojlanib, mahsulot va xizmatlar jahon bozoriga çiqmoqda.
Har yili an'anaviy tarzda ötkazib kelinayotgan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli iqtisodiy islohotlar ijobiy samara berayotganidan dalolatdir. Uşbu tadbir joriy yilda mazmunan yanada boyidi. Bunga qadar ötkazilgan hududiy va tarmoqlar sanoat yarmarkalarida tuzilgan şartnomalar, jumladan, eksport bitimlari soni sezilarli ravişda oşdi. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi ma'lumotlariga köra, sanoat forumining 4,8 mingdan ortiq mahalliy korxonalar iştirok etgan dastlabki bosqiçi bilan 89 mingdan ziyod kişi, jumladan xorijiy kompaniyalar vakillari tanişdi. Stendlarda namoyiş etilgan 22 ming turdan ortiq mahsulotning 710 tasi yangi mahsulotlardir.
2015 yilgi hududiy sanoat yarmarkalarida qiymati 377,5 milliard sömlik şartnomalar imzolandi. Bu ötgan yilgi körsatkiçdan 24,5 foiz köpdir. Eksport şartnomalari qiymati esa 180,8 million dollarni taşkil qildi va bu ötgan yildagiga nisbatan 8,4 foiz ortiq. Tarmoq sanoat yarmarkalari yakunlari böyiça umumiy qiymati 617,9 milliard sömlik, ya'ni ötgan yilga qaraganda 5,2 foiz köp şartnomalar imzolandi.
«Özekspomarkaz» körgazma maydonlarida IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida 2 mingdan ziyod firma va kompaniya, yirik sanoat korxonalari 21 ming turdan ortiq mahalliylaştirilgan yoki özlaştiriş uçun taklif etilayotgan mahsulotlarni namoyiş qilmoqda. Iştirokçilarning ta'kidlaşiça, 2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovçi qismlar va materiallar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş davlat dasturi hamda 2015-2019 yillarda işlab çiqarişni tarkibiy özgartiriş, modernizatsiya va diversifikatsiya qilişni ta'minlaş çora-tadbirlari dasturi import örnini bosadigan mahsulotlar işlab çiqariş jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekistonning yirik sanoat korxonalari, jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati stendlari har yilgidek, özining keng kölami bilan ajralib turibdi. Joriy yilda kombinatda Işlab çiqarişni mahalliylaştiriş dasturi doirasida qiymati 67 milliard sömlik 27 loyiha amalga oşirilmoqda. Uşbu loyihalarda GRAT turidagi nasos, şaxta vagonçasi, şarli tegirmon, gidrosiklon kabi uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, şuningdek, mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaş orqali rangli metall mahsulotlari va mis quvur, rux sulfati singari yuqori qöşimça qiymatga ega tovarlar, santexnika buyumlari uçun aralaştirgiç, jömrak va kollektorlar işlab çiqariş közda tutilgan.

«Özmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati rangli metallardan tayyorlangan buyumlar, bazalt plitalar, metiz va boşqa köplab turdagi mahsulotlarni namoyiş qilmoqda.
– Stendimizda joriy yilda Işlab çiqarişni mahalliylaştiriş dasturi doirasida özlaştirilgan va eksport qilinayotgan, şuningdek, istiqbolda işlab çiqariş közda tutilgan mahsulotlar namoyiş etilmoqda, – deydi «Özmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati Axborot markazi rahbarining örinbosari Akmal Şaripov. – Mazkur sanoat forumida iştirok etiş kelgusi yilgi rejalarni bajarişda va korxonamizning barqaror faoliyat yuritişida muhim omil bölmoqda. Masalan, şu yil ötkazilgan hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida xomaşyo, material va uskunalar xarid qiliş böyiça 5,6 milliard sömlik, tarmoq sanoat yarmarkasida esa asbob-uskunalar sotib oliş va xizmat körsatiş uçun 6,5 milliard sömlik, şuningdek, öz mahsulotlarimizni sotiş böyiça 5,6 milliard sömlik şartnomalar tuzdik.
Bu galgi sanoat forumida kimyo va neft-kimyo sanoati korxonalarining keng turdagi ekspozitsiyasi taqdim etilgan. “Özbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi stendi iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotmoqda. Kompaniya stendida burğulaş va neft-gaz konlari uskunalari uçun ehtiyot qismlar, turli neft quvurlari, armaturalar, nazorat-ölçaş priborlari, payvandlaş materiallari, kimyoviy reagentlar va boşqa köplab mahsulotlarni işlab çiqarişni taşkil etiş imkoniyatlari bilan tanişiş mumkin.
“Özekspomarkaz”ning oçiq maydonida köplab korxonalar, jumladan, “Özavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining öttizdan ortiq qöşma korxonasini öz içiga olgan Özbekiston avtomobil sanoati mahsulotlari namoyiş etilmoqda.
Samarqand avtomobil zavodi özining 10 turdagi mahsulotini taqdim qilmoqda. Xususan, atmosferaga kam miqdorda zararli gaz çiqaradigan «LE60» şahar avtobusi va «Isuzu NRL» şassisi asosidagi tez tibbiy yordam avtomobili bilan bir qatorda kam yuk kötaradigan maşinalar ham namoyiş etilayotir. Bundan taşqari, 12 va 16 metrli teleskopik avtominorali maxsus texnika, köça tozalaydigan «NQR71PL» ixtisolaştirilgan vakuumli maşina ham taqdim etilgan.

«GM-Uzbekistan» namoyiş etayotgan yangi mahsulotlar orasida «Labo» yengil avtomobili ham bor. Bugun uşbu kompaniyada ön rusumdagi avtomobillar işlab çiqarilmoqda. Şuningdek, uning tarkibida avtomobillar uçun zarur butlovçi qismlarni tayyorlaydigan önlab zamonaviy korxonalar ham faoliyat yuritmoqda. Işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş jarayonida zavodda qariyb 320ta eskirgan texnika almaştirildi.
Sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida ekskavator, traktor, tirkama va osma qişloq xöjalik texnikalari işlab çiqaradigan köplab korxonalar qatnaşmoqda. «Claas» brendi ostida «Dominator 130» kombayni, «Arion 630C» traktori va boşqa texnika turlarining imkoniyatlarini namoyiş qilayotgan «Uz Claas Agro» qöşma korxonasi, tuproqqa işlov beradigan va boşqa turdagi qişloq xöjalik texnika vositalarini işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan «Lemken Çirçiq»qöşma korxonasi şular jumlasidan.
– Yarmarkada ikki turdagi yangi mahsulot – «AXOS 340» rusumli universal çopiq traktori va ğöza parvarişi uçun möljallangan yuqori unumli traktorni taqdim etmoqdamiz, – deydi «Uz Claas Agro» qöşma korxonasining marketing va savdo bölimi boşliği A'zamjon Ozodov. – Uşbu modellar özbekistonlik muhandis-konstruktorlar çizmalari asosida Fransiyaning qişloq xöjaligi maşinalari işlab çiqaradigan korxonalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. Bugungi kunda mazkur texnikalar mamlakatimiz dalalarida sinovdan ötkazilmoqda. 2017 yilda ularni ommaviy işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
“Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi ham sanoat forumining doimiy iştirokçilaridan biridir. Uning stendida aviakompaniya foydalanayotgan va mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan, şuningdek, mahalliy korxonalarga özlaştiriş uçun taklif etilayotgan mahsulotlar namoyiş qilinmoqda. Forum qatnaşçilari aviakompaniyaning yölovçi va yuk taşiş böyiça imkoniyatlari, “Navoiy” aeroportidagi yuk terminalining yuklarga işlov beriş va vaqtinça saqlaşga doir xizmatlari bilan tanişişi mumkin.
Şuningdek, «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasining Ğarb davlatlarida işlab çiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat körsatiş, ularning tarkibiy qismlari, içki va taşqi tomonini ta'mirlaş, şuningdek, barça turdagi havo kemalarini böyaş böyiça xizmatlari namoyiş qilinmoqda. Bundan taşqari, «Özaeronavigatsiya» markazining mamlakatimiz havo kengliklarida parvozlar harakatini taşkil qiliş, meteorologik asbob-uskunalarni texnik kuzatiş, taşkilotlar va xorijiy vakolatxonalarga aloqa hamda aeronavigatsiya ma'lumotlarini taqdim etiş xizmatlari taklif etilgan.
“Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar stendlari ham gavjum. Mamlakatimizning deyarli 130 töqimaçilik va tikuvçilik-trikotaj korxonasi texnik va aralaş matolar, ip öraş uçun möljallangan qoğoz konuslar, texnik tasmalar va boşqa köplab mahsulotlar, şuningdek, trikotaj mato, tikuvçilik-trikotaj va paypoq mahsulotlari, maxsus kiyimlar va boşqa eksportbop tovarlarni namoyiş qilmoqda.
– Ötgan yilgi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida sohamiz korxonalari mahsulot yetkazib beriş böyiça qiymati 40,7 milliard sömdan ziyod şartnomalar tuzgan edi, – deydi “Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati huzuridagi Töqimaçilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi direktori Davron Akbarov. – Bu galgi yarmarka yakunida korxonalar qiymati ötgan yilgi körsatkiçdan uç barobar oşadigan miqdorda şartnomalar tuzişni rejalaştirgan.
2 noyabrgaça davom etadigan forum sanoatçilar uçun muhim voqeadir. Çunki bu yerda tayyor buyumlar, asbob-uskunalar, materiallar, xomaşyo xarid qiliş va yetkazib beriş, işlab çiqariş xizmatlarini körsatiş yuzasidan qöşimça savdo tenderlari ötkazmasdan şartnomalar tuziş imkoniyati yaratilgan.
IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari Ğ.Ibragimov iştirok etdi.






