Qirğiziston milliy xavfsizlik davlat komiteti Öş viloyatida xalqaro qöporuvçilik taşkilotining josusi deb gumonlangan 48 yoşdagi I. U ismli kişi qölga olinganini ma'lum qildi.

Ma'lum bölişiça, uşbu fuqaro qirğizistonliklarni Suriyadagi uruşga borişga da'vat qilib, ayrimlarini jangga jönatgan.

Ayni damda uşbu gumondorga nisbatan KR JJ kodeksining 375 moddasiga (yollanganlik) binoan jinoiy iş qözğatilib, vaqtinça saqlaş joyiga kiritilgan.

Rasmiy ma'lumotlar böyiça, Suriyaga ketgan qirğizistonliklar soni tört yuzdan ortgan. Şundan qirq nafardan ziyodi halok bölgan.

23 oktabr kuni qirğizistonlik huquq tartibot idoralari xodimlari Çuy viloyatida ötkazilgan amaliyot çoğida Töqmoq şaharçasidan noqonuniy qurollar saqlanayotgan omborni aniqlaşgandi.