“Yaponiya Qirğiziston bilan uçta yönaliş böyiça munosabatlarni rivojlantirişga katta ahamiyat qaratadi”, deb aytdi Qirğizistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Yaponiya boş vaziri Şindzo Abe.
Abening aytişiça, davlatlar örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayevning Yaponiyaga taşrifidan keyin ançagina faollaşdi.
Men sizning davlatingiz bilan munosabatlarni rivojlantirişga katta ahamiyat qarataman va yuzaga kelgan ijobiy tendensiyani rivojlantiriş uçun hamkorlikning uçta yönalişini ajrataman: yöl va boşqa infratuzilmalarni yölga qöyişda kömak körsatiş, sanoat uçun yapon texnik ta'lim turiga böyiça xodimlar tayyorlaş va gumanitar hamkorlik – yapon tiliga va yapon yakka kuraş turlariga örgatiş. Şuningdek, mintaqa muammolarini “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sözlaşuvi doirasida yeçişdagi hamfikrlikni mustahkamlaş ham şular jumlasidandir”, deb aytdi Şindzo Abe.






