AQŞ Suriyadagi kurd köngillilari va va muxolifatning qöşilmalariga özining quruqlik qöşinlaridan bir neçta otryad kiritişni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal naşri yozmoqda.

AQŞ harbiylarining yana bir taklifi Iroq armiyasi tarkibiga front çiziğida işlaydigan harbiy maslahatçilar guruhini kiritişdir. Ammo bu taklif, naşrning fikriça, jiddiy qöllab-quvvatlanmaydi.

Oq Uy, şuningdek, Iroqqa IŞIDga qarşi kuraş maqsadida 8ta “Apaç” vertolyotidan iborat eskadrilyani yuborişni közlamoqda. Bu çora Iroqqa bir neça yuz harbiy xizmatçini joylaştiriş zaruratini keltirib çiqaradi.