Boks böyiça öta oğir vazn toifasining WBA (regular) çempionlik kamari uçun rasmiy birinçi raqamli da'vogar bölgan avstraliyalik Lukas Braun (23-0, 20 KO) mazkur kamar sohibi özbekistonlik Ruslan Çagayevdan (34-2-1, 21 KO) taklif tuşişini kutib turganini ma'lum qilgan.
Fightnews naşrining yozişiça, Braun Ruslanga qarşi ötkaziladigan jangni intizorlik bilan kutmoqda va buni amalga oşişi uçun har qanday vaqtda, yer sayyorasining har qanday joyida bölişga tayyor ekanini ma'lum qilgan.
«Menda Çagayevga qarşi bölib ötadigan jangni kutaveriş uçun sabrim tugamoqda. Men şunçaki ötiribman va mazkur jang böyiça biror yangilik aytişlari uçun telefon qönğiroğini kutmoqdaman. Odamlar har doim uşbu jang qaçon va qayerda bölişini mendan söraşadi. Biz WBA tomonidan bunga ruxsat berilişini kutmoqdamiz. Töğrisini aytsam, menga jang Avstraliyada böladimi, Buyuk Britaniyadami farqi yöq. Men köproq jang ötkazgan arenada bölsa ajoyib bölardi», — deya gapirib ötgan Braun.
Eslatib ötamiz, Çagayev joriy yilning 17 oktabr kuni Germaniyada puerto-rikalik Fres Okendo (37-8, 24 KO) bilan ringga çiqişi kerak edi. Biroq Okendo jarohat bois sönggi pallada mazkur jangga rad javobini bergandi.






