Moskvaning "Dinamo" jamoasi rahbariyati jamoa öyinlarini klub televideniyesi orqali şarhlab boruvçi jurnalist Dmitriy Derunets bilan hamkorlik qilişni töxtatdi.

"Dinamo" klubida jamoaning "Spartak"ka qarşi öyini tanaffusida röy bergan voqea, jurnalist Derunetsning raqib jamoa muxlisi bilan janjallaşgani muhokama qilindi.
Natijada, "Dinamo" öyinlarini tv va radio orqali translyatsiya qilişga mas'ul "Sport BIT" kompaniyasiga Derunetsni işdan böşatiş böyiça körsatma beriş qarori qabul qilingan.

"Dinamo" jamoasi futbol jamoatçiligidan bu xunuk voqea uçun uzr söragan va bundan keyin bunday voqealar bölmasligi çoralari körilişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, «Sport FM» radiokanali va «Dinamo-TV» kanali şarhlovçisi bölgan taniqli jurnalist Dmitriy Derunets «Dinamo» jamoasining «Spartak»ka qarşi öyini tanaffusi vaqtida raqiblarning maydonga tuşib kelgan muxlisiga hamla qilgandi.

Bu janjalni stadion xodimlaridan biri töxtatib, muxlisni taşqariga olib çiqqan, lekin jurnalist öz harakatlarini davom ettirib, muxlisning ortidan kelib tepgandi. Bu esa "Spartak" muxlislarining ğazabini qözğagan, ular jurnalistga turli buyumlar uloqtirişgan.

Rossiya futbol uyuşmasi rahbari bu voqeaga munosabat bildirar ekan, Derunetsning futbol sohasida işlamasligini istaşi haqida aytib ötgan.