Uçinçi çorak yakunlariga köra, Volkswagen avtokonsernining körgan zarar miqdori kutilganidan köproqni taşkil qildi. Dizel mojarosidan keyin korxona körgan zarar miqdori 3,48 mlrd yevro (3,84 mlrd dollar)ni böldi, deya xabar beradi CNBC kompaniya hisobotidagi ma'lumotlarga tayanib.

Manbaning yozişiça, bu kompaniyaning sönggi 15 yillik faoliyati davomidagi ilk zarar körsatkiç qayd etilgan çorak sanaladi. Zararning asosiy qismi dizel mojarosi tufayli zarar körgan iste'molçilarga tovon puli tölaş natijasida yuzaga kelgan. Dunyo böyiça jami bölib 11 mln dona avtomobil uçun şunday tölovlar amalga oşirilgan. Taxminlarga köra buning uçun korxona hozirgi kungaça 6,7 mlrd. yevro miqdorida tovon puli tölagan. Bu prognoz körsatkiçlaridan ançagina past.

Şuningdek, kompaniyaning yil boşidan buyon topgan daromadi 8,5 foizga ösgan. Yil boşidan buyon kompaniya 10,14 mln avtomobil sotişga muvaffaq bölgan.

Eslatib ötamiz, oldinroq «dizel mojarosi» sabab Volkswagen işlab çiqariş hajmini va xodimlar sonini qisqartirişi ma'lum qilingandi.