Lonely Planet naşri ekspertlari 2016 yilning asosiy turistik yönalişlari nomini aytişdi. The Daily Mail naşrida ta'kidlanişiça, reytingda birinçi öringa Botsvana qöyildi.
Mutaxassislar özlarining turistlar uçun tavsiyalarini Best In Travel 2016 töplamida e'lon qilişdi. Ularning fikriça, Botsvana “çöllar va daryolar uyğunligidan iborat noyob hudud bölib, ulkan miqdordagi yirtqiç jonivorlarni jalb qiladi, bu yovvoyi va ekzotik mamlakatdir”.
Ikkinçi va uçinçi örinlar Yaponiya va AQŞga nasib qildi. AQŞ “avtomobilda sayr qilişni yaxşi köruvçi turistlar jannati” deb ataldi.
2016 yilda turistlar borişi mumkin bölgan şaharlar uçun ham alohida reyting tuzildi. Birinçi örinni Çernogoriyadagi Kotor şahri egalladi. Şuningdek, Ruminiyadagi Bran qasri, Ekvador poytaxti Kito, Dublin, Mançester, Rim röyxatdan örin oldi.






