Olma-Ota tramvaylari bir neça yil oldin Germaniyada iste'moldan çiqarilgan edi. Bu haqda KTK telekanali xabar bermoqda.
Şahar transporti tez-tez nazorat ostidan çiqib, yölovçilarni qörqitib turadi. Ularning bunday oğir texnik ahvolda ekanligi bir neça yillar muqaddam iste'molga yaroqsizga çiqarilgani bilan tuşuntirilmoqda.
Bu haqda tramvay vagonlarining xodimlari gapirib berişdi. Ularning ta'kidlaşiça, bu maşinalar bir neça yillar muqaddam Germaniyada iste'moldan çiqarilgan, şundan söng Qozoğistonga olib kelingan. Qozoğistonda esa ular yaroqli deb topildi. Uşbu röyxatga kiruvçi 20ta vagon yölovçi transporti boşqarmasi mutasaddilari tomonidan yölovçilar uçun xavfsiz deb e'tirof etilmoqda.






