Yölsozlar Toşkentning Sirğali tumanidagi, Özbekiston televideniyesi orqali bir neça bor tanqid qilib kelinayotgan yölni asfaltlaşdi.
Voqea joyidan olingan fotosuratlar Feysbukdagi “Voditeli Taşkenta” guruhining sahifasida joylaştirildi.

“Mö'jiza yuz berdi. Nihoyat Sirğaliga asfalt olib kelişdi”, deb öz xursandçiligini yaşira olmayapti fotosuratlar va xabar muallifi.
“Axir bu yöl Sirğalining “diqqatga savozor maşhur joyi ediku”. Bu köça teleefirlar “yulduz”i, bir neça bor televideniye orqali körsatilgan”, deb kinoyali izoh bermoqda yana bir foydalanuvçi.

Avvalroq 25 oktabrda bu tumanda yöl quruvçilar avtomobil yöllarini ta'mirlaşni boşlaganlari ma'lum qilingandi.






