Toşkentning xalqaro biznes markazida Britaniya kengaşining Özbekistondagi faoliyatiga bağişlangan tadbir ötkazildi. Uning doirasida Londonning “Globus” teatri Toşkentga taşrif buyurişi hamda “Hamlet” spektalini ijro etişi ma'lum qilindi. Bu haqda “Pravda Vostoka” naşri yozmoqda.
Ötkazilgan matbuot anjumani çoğida ta'kidlanişiça, Uilyam Şekspir tavalludining 450 yilligi munosabati bilan teatr jamoasi 2 yillik xalqaro turnega çiqqan. Mana şu turne doirasida teatr Özbekistonga taşrif buyuradi. Bu tadbir madaniyat va sport işlar vazirligi hamda “Özbekteatr” tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Şu tariqa, 4 noyabr kuni Milliy akademik drama teatri sahnasida britaniyalik mehmonlar tomonidan “Hamlet” 4 asr muqaddam qanday ijro etilgan bölsa, xuddi ana şunday uslub va texnik imkoniyatlarda ijro etiladi.
5-6 noyabr kunlari esa “Teatr masalalari” forumi ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, tarixi 1599 yildan boşlanadigan “Globus” teatrida öz vaqtida buyuk şoir va dramaturg Uilyam Şekspir işlagan.






