Rossiya desantçilari mamlakatga Özbekistondan taşrif buyurgan harbiy delegatsiyaga öt oçiş, jismoniy, havo-desant tayyorgarligi, şuningdek, jang maşinalarini haydaş böyiça maşğulotlar ötkaziladigan uslublarni namoyiş qilib berişdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining Havo desant qöşinlari böyiça matbuot va axborot boşqarmasi vakili Yevgeniy Meşkov xabar qildi.
Uning ta'kidlaşiça, taniştiruv tadbiri Tula polki hamda unga yaqin joylaşgan qöşin poligoni hududida ötkazilgan.
“Uçraşuv çoğida birodar davlatdan taşrif buyurgan harbiy xizmatçilar Rossiya Havo desant qöşinlari mutaxassislarini tayyorlaş tizimi va dasturlari bilan tanişişni rejalaştirgan edi...
Desantçilar öt oçiş, jismoniy, havo-desant tayyorgarligi, şuningdek, jang maşinalarini haydaş böyiça maşğulotlar ötkaziladigan uslublarni namoyiş qilib berişdi”, - uning sözlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Tadbirlar 28-29 oktabr kunlari davom etdi. U Rossiya mudofaa vazirligining xalqaro faoliyati doirasida amalga oşirildi.






