Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayrning ma'lum qilişiça, Yamanda bölib ötayotgan Saudiya boşliq koalitsiya va isyonçi xusiylar örtasida sakkiz oydan buyon davom etayotgan uruş yaqin kunlarda tugaşi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters.

“Mamlakatdagi harbiy kampaniya öz nihoyasiga yetişi mumkin, agarda... Ali Abdulloh Solih va xusiylar BMT Xavfsizlik kengaşining 2216 rezolyutsiyani qabul qilişsa va bu masalada BMTdagi muzokarada iştirok etsa”, — dedi u.

Uning ta'kidlaşiça, Saudiya Arabistoni ham kelajakda mamlakatda tub özgarişlar bölişini köryapti. “Yamanning isyonçilar tomonidan bosib olingan köp qismi qaytarib olindi”, — deb qöşimça qildi u.

Avvalroq Yaman hukumati isyonçi xusiylar va mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Solih bilan muzokara olib borişga rozilik bildirgani haqida ma'lum qilingan edi.